Rasman: Yevropa Ligasi ham “mini turnir” shaklida o'tkaziladi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2020
Avvalroq, YCHL chorak finalidan boshlab bahslar “sakkizlik finali”, yani, bitta o'yindan iborat bo'lgan holda o'tkazilishi rasman tasdiqlangandi.

Yevropa Ligasi joriy mavsumi ham “mini turnir” shaklida yakunlanadi. Musobaqa 5 avgust kuni restart oladi. Demak, 1/8 finaldan o'rin olgan bahslar belgilangan joylarda bo'lib o'tadi. 

Keyingi bosqich o'yinlari esa Germaniyaning 4ta shahri – Kyoln, Duysburg, Dyusseldorf va Gelzenkirxenda o'tkaziladi. 1/4 final – 10-11 avgust, 1/2 final – 16-17 avgust sanalariga belgilandi. Hal qiluvchi uchrashuv esa 21 avgustda Kyolnda bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA