Rasman: Italiya TJning yangi logosi taqdim etildi

Eldor Akmurzayev
3 yanv 2023
Italiya futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasi logosini o'zgartirishga qaror qildi.

Shuningdek, terma uchun musiqiy aydentika (audiobrending) tayyorlangan.

“Kelajakka tayyormiz. Bugun Italiya TJning yangi imijini taqdim etamiz – yangi emblema va tarixda birinchi marotaba qo'llanilgan maxsus ovozli aydentika.

Biz yangi davrga qadam qo'ymoqdamiz, ammo buni doimo barcha muxlislarga noodatiy his-tuyg'ularni uyg'otish istagi va g'urur bilan amalga oshiramiz.

Xuddi shu his-tuyg'ular futbolkada bo'ladigan yangi logoni yaratishga yordam berdi, ulug'vor ananani yangilagan holda “Azzuri” audio logotipi va qo'shig'i ilhom baxsh etadi”, deydi IFF rahbari Gabriele Gravina.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: figs.it