

Joriy yilda jamoa bosh murabbiyiga aylangan Stanislav Kudryashov termizliklar bilan xayrlashgan edi. Ushbu xabarni klub matbuot xizmati rasman tasdiqladi va bu haqida batafsil ma'lumot berdi.
"Klub tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan Stanislav Kudryashov mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar tufayli jamoa boshqaruvidan ozod etildi va rasman klubni tark etdi. Uning o'rniga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini avval U-21 jamoasi bilan ishlib kelgan Anvar G'ofurov bajarib turadi",- deyiladi xabarda.
"Surxon" mavsumni ikki mag'lubiyat ("Lokomotiv", "Neftchi") hamda bir durang ("Bunyodkor") bilan boshladi. Jamoa 4-turda 20 mart kuni "Nasaf" mehmoni bo'ladi.



