Rasman: Lemparddan so'ng "Derbi"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Alisher
5 iyul 2019
"Derbi Kaunti"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Filipp Koku klub bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

- "Derbi Kaunti" mening yangi jamoamga aylangani menga katta g'urur beradi. Bu sarguzashtlarni boshlash uchun jamoa va muxlislar bilan uchrashishni intizorlik bilan kutmoqdaman, - deydi Koku.

48 yoshli mutaxassis futbolchilik faoliyati mobaynida PSV va "Barselona" kabi taniqli jamoalarda o'ynagan.

Gollandiyalikning faoliyatidagi oxirgi klubi esa Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/dcfcofficial