Rasman: "Liverpul" "Roma"dan Alissonni sotib oldi FOTO

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2018
"Liverpul" klubi "Roma"dan darvozabon Alisson Bekerni sotib oldi.

Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.

25 yoshli kiperning transferi 62,5 mln evroni tashkil etdi, yana 10 millionni esa "Roma" turli bonuslar ko'rinishida oladi. Shunda transferning umumiy summasi 72,5 mlnni tashkil etadi. Kelishuv qancha muddatga tuzilgani hozircha xabar qilinmadi. Oldinroq, Britaniyaning "The Times" nashri shartnoma 6 yilga mo'ljallanishini yozgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com