Rasman. Markus Reshford MYUdan ketdi

Khoja
3 fev 2025
Markus Reshford faoliyatini Aston Villada davom ettiradi.

Birmingemliklar hujumkor futbolchini 40 million funtga sotib olish huquqi bilan yarim yilga ijaraga oldi. Ijara vaqtida Aston Villa Markusning oyligini 75 foizini to'laydi, qolganini MYU qoplab beradi.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli hujumchi 12 dekabrdan beri MYU safida maydonga tushmayotgandi. Uning asosiy tarkibdan chetlatilishi mankunianliklar ustozi Ruben Amorimning qarori bilan bog'liq edi.

Reshford bu mavsumda 24 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 2 ta golga assist qayd etgan.




KhojaMuallif
Manba: instagram.com/avfcofficial