"Nijniy Novgorod" Ruslan Jiyanov transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2023
"Nijniy Nogorod"dagi yurtdoshlarimiz soni 2 nafarga etadigan bo'ldi.

Rossiya klubi "Olimpik" hujumchisi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. 



Ruslan Jiyanov mavsum oxirigacha ijara asosida "Olimpik"da o'ynaydi. Bu shartnoma shartlari ro'yxatidan o'rin olgan. Avvalroq bu haqda ma'lumot bergan edik.

Ruslan Jiyanov o'tgan mavsum Superligada 25 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan edi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev aynan "Nijniy Novgorod"da to'p tepadi.

"Xorijdan takliflar U-23 Osiyo kubogidan keyin boshlangan edi" - Ruslan Jiyanov Turkiyadagi yig'in va "Nijniy Novgorod" haqida


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcnn.ru