Rasman: Postekoglu iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
6 iyun 2025
"Tottenxem" matbuot xizmati Ange Postekoglu iste'foga chiqarilganligini ma'lum qildi.

Klub ushbu mavsumdagi natijalarni qoniqarsiz baholagan va bu iste'foga sabab bo'lgan.

Ange 2023 yilda "Seltik"dan "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylangandi. Dastlabki mavsumda u jamoa bilan 5-o'rinni egallagandi.

Yakunlangan mavsumda esa 17-o'rinni qayd etgan bo'lsa-da, jamoa Yevropa ligasida g'olib bo'lib, 17 yil deganda ilk marta sovrin qo'lga kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/spurs