Rasman: "Roma" darvozaboni "Lans" safiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025
"Lans" "Roma" va Avstraliya terma jamoasi darvozaboni Metyu Rayan bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

32 yoshli darvozabonning francuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bitim 800 ming evroni tashkil etdi.

Rayan "Roma"ga 2024 yilning yozida erkin agent sifatida o'tgandi. Avvalroq u "Bryugge", "Valensiya", "Brayton", "Arsenal", "Kopengagen", "Real Sosedad" va "AZ Alkmaar" jamoalarida harakat qilgan.

Transfermarkt Rayanning transfer narxini 2,5 mln evroga baholamoqda.

Avvalroq "Lans" posboni "Renn"ga o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rclens.fr