Rasman: Shakiri sobiq jamoasiga qaytdi

Mirjalol Normatov
17 avg 2024
Yarim himoyachi Jyerdan Shakiri rasman "Bazel"ga o'tdi.

U "Chikago Fayr"dagi 2 yarim yillik faoliyatidan keyin Shveytsariya klubiga erkin agent sifatida o'tdi.

Tomonlar 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

32 yoshli Shakiri "Bazel" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 12 yil oldin ushbu klubni tark etgan va shu davr mobaynida "Bavariya", "Inter", "Liverpul" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia