Rasman: Ulug'bek Hoshimov – "Dinamo" futbolchisi

Administrator
20 iyul 2025
"Dinamo" jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda tayyorgarlik ko'rib, o'z tarkibini kuchaytirmoqda.

Mavsumning birinchi davrasini "Paxtakor" safida o'tkazgan hujumchi Ulug'bek Hoshimov "Dinamo"ning davralar oralig'idagi dastlabki transferiga aylandi. 24 yoshli forvard Samarqand klubi bilan rasman 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Hoshimov ayni damda "Dinamo"ning Belarusdagi yig'inida ishtirok etmoqda.

O'zbekiston olimpiya jamoasida to'p surgan Ulug'bek Hoshimov o'tgan yillar davomida "Neftchi", "Surxon", "Paxtakor" klublari sharafini himoya qildi. 

Ma'lumot uchun, Ulug'bek Hoshimov "Dinamo"ga o'tayotgani haqida 11 iyul kuni xabar qilingandi.


AdministratorMuallif
Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати.