

Klub rahbariyati yangi bosh murabbiy sifatida taniqli mutaxassis, O'zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramovni taklif etib, futbolchilarga tanishtirgandi.
Vadim Karlenovich hamda Dinamo PFK o'rtasida 2022 yilning yakunigacha belgilangan yarim yillik shartnoma imzolandi. Klub yangi bosh murabbiy qo'l ostida Superligadagi o'rnini saqlab qolsa, kelishuv uzaytirilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar Traktor, Lokomotiv, Neftchi, Bunyodkor klublari, O'zbekiston olimpiya va milliy jamoasida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2010-2012 hamda 2019-2021 yillar davomida O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.





