Rasman: "Vulverxempton" Kutronening qaytganini e'lon qildi

Alisher
7 yanv 2021
Italiyalik hujumchi Patrik Kutrone muddatidan oldin "Fiorentina"dagi ijaradan qaytdi.

"Vulverxempton" meksikalik hujumchi Raul Ximenesning uzoq muddatga safdan chiqishi sabab 23 yoshli futbolchini ortga qaytarishga qaror qildi.

Kutrone joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushdi.

"Vulverxempton" esa APLda 17 turdan so'ng 22 ochko jamg'argan holda, jadvalda 13-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: wolves.co.uk