Rasman: Zaza Turin jamoasiga ko'chib o'tdi

Mirjalol Normatov
18 avg 2018
"Valensiya" futbolchisi Simone Zaza bir yil ijara asosida "Torino" safida o'ynaydi.

Bu haqda Turin jamoasi matbuoti xabar bermoqda. Futbolchi sotib olish sharti bilan ijaraga olingan. Hozircha uning transfer narxi borasida ma'lumotlar yo'q.

27 yoshli futbolchi o'z vaqtida "Yuventus" va "Vest Xem" kabi jamoalarda ham o'ynadi. U Italiya termasi tarkibida 17 bahsda maydonga tushgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://twitter.com/TorinoFC_1906