Rasman: Zoran Marushich - "Nasaf" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
5 yanv 2024
"Nasaf" matbuot xizmati jamoaga Zoran Marushichning kelib qo'shilganini rasman ma'lum qildi.

Unga ko'ra, futbolchi Qarshi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.

Marushich bunga qadar Gruziyaning "Dinamo Tbilisi" jamoasi sharafini himoya qilayotgandi. O'tgan mavsumda u 34 o'yinda maydonga tushib, 17 gol va 4 assist qayd etdi.

Bunga qadar u "Navbahor" tarkibida ham o'ynagan va 32 uchrashuvda maydonga tushib, 12 marta gol urgan va 3ta assistni hisobiga yozdirib qo'ygan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати