Rasmiy xabar. Krixovyak PSJ futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016
Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak faoliyatini Fransiya chempioni “Pari-Sen-Jermen” klubida davom ettiradi.

“Sevilya” klubining 26 yoshli futbolchisi “PSJ” bilan rasman shartnoma imzoladi. Parijliklar bilan kelishuv 2021 yilga qadar amalda bo'ladi.

Gjegojni shaxsan “Sevilya” klubining endilikda sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri Parijga taklif qildi. Emeri shu hafta “PSJ” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Eslatib o'tamiz, Krixovyak 2014 yili Fransiyaning “Reyms” jamoasidan “Sevilya”ga ko'chib o'tgan edi. Polshalik futbolchi andalusiyaliklar tarkibida 90ta uchrashuvda maydonga tushgan.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GrzegKrychowiak