Rasmiy xabar: O'zbekistonlik himoyachi legionerga aylandi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2024
O'zbekistonlik himoyachi Abbos Otaxonov Tailand klubi bilan shartnoma tuzdi.

Biroz avval "Muangtong Yunayted" klubi instagramdagi sahifasida Abbos Otaxonovning transferini e'lon qildi.

U "Metallurg" tarkibida 2018-2020, 2022 hamda 2024 yillar davomida 95 ta o'yinda maydonga chiqqan. 3 ta gol urgan va 19 marta ogohlantirilgan. O'zbekiston Kubogi bahslarida 10 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia