

- Rayevac menga bugungi o'yin uchun chipta taqdim qildi va kofe ichishga taklif qildi. Biroq jamoamizning mashg'ulotlari borligi tufayli u bilan kofe ichish nasib qilmadi. Endi Bunyodkor stadionida bo'ladigan uchrashuvga boraman. Men Milovanni hurmat qilaman, biroq bugun O'zbekiston terma jamoasiga muxlslik qilaman. Chunki ayni damda O'zbekistonda ishlamoqdaman va yashamoqdaman. Bugun muxlislar qiziqarli bahs guvohiga aylanishlarini taxmin qilaman - deydi Filip Rayevac.



