"Real" "Ayntraxt" hujumchisi uchun kurashga qo'shildi

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyun 2023
"Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo Muani TOP-klublar diqqat markazida bo'lib turibdi.

Turkiyalik Ekrem Konurning xabar berishicha, Madridning "Real" klubi hujumchi transferi uchun kurashga qo'shildi. "Qirollik klubi" Karim Benzema jamoani tark etgach, markaziy hujumchi izlash bilan band.

Shuningdek, forvardga nomzodlar qatorida "Bavariya", PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari ham tilga olinmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal