Real himoyachining yangi shartnomasi bo'yicha oyligi 7 baravarga oshadi

Khoja
26 mar 2025
Real Madrid Raul Asensio bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

22 yoshli futbolchi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma tuziladi. Futbolchining yillik daromadi yangi mavsumdan 6,2 million evroga ko'tariladi. Shartnoma yakuniga qadar esa Raul Asensioning daromadi yiliga 9 million evrodan oshadi. Futbolchining tovon puli 100 million evro etib belgilangan.

Ma'lumot uchun, Raul Asensioning hozirgi yillik daromadi 900 ming evroni tashkil qiladi. Futbolchi joriy mavsum Real safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com