"Real" mavsum avvalini safarda o'tkazadi, "El Klasiko" oktyabrda (to'liq taqvim)

Bugun Ispaniya chempionatining 2021-22 yilgi mavsumiga start beriladi.

Madridning "Real" klubi o'tgan mavsumni 2-pog'onada yakunlagan edi. Shundan keyin jamoada murabbiylar almashdi. Zinedin Zidan o'rnini Karlo Anchelotti egallagan bo'lsa, Parijga ketgan Ramosning joyiga Myunxendan David Alaba olib kelindi. 

16 yillik tanaffusdan keyin Ramossiz "Real"ni ko'rish barcha uchun qiziq bo'lsa kerak. "Qirollik klubi" yangi mavsumdagi 1-rasmiy o'yinini 15 avgust kuni "Alaves" maydonida o'tkazadi. La Liganing to'liq taqvimi e'lon qilindi. Unga ko'ra, "Real" dastlabki 3 turni safarda o'tkazadi. "Santyago Bernabeu"da rekonstrukciya ishlari davom etayotgani sabab bu tashabbus "qaymoqranglilar"ning o'zidan chiqqan.

Mavsumdagi dastlabki "El Klasiko" oktyabr oyining 24-sanasida o'tkaziladi (10-tur). "Real" va "Barsa" orasidagi 2-to'qnashuv 20 martga belgilangan (29-tur). 

Birinchi "Mabrid derbisi"ga esa dekabr oyining 12-sanasida guvoh bo'lishimiz mumkin. Quyida to'liq taqvim bilan tanishing.

tursanaraqib
1avgust 15"Alaves" (mehmonda)
2 22"Levante" (m)
3 29"Real Betis" (m)
4sentyabr 12"Selta" (uyda)
519"Valensiya" (m)
622"Malorka" (u)
726"Vilyarreal" (u)
8oktyabr 3"Espanol" (m)
917"Atletik Bilbao" (u)
1024"Barselona" (m)
1127"Osasuna" (u)
1231"Elche" (m)
13noyabr 7"Rayo Valekano" (u)
1421"Granada" (m)
1528"Sevilya" (u)
16dekabr 5"Real Sosedad" (m)
1712"Atletiko Madrid" (u)
1819"Kadis" (u)
19yanvar 2"Xetafe" (m)
209"Valensiya" (u)
2119"Atletik Bilbao" (m)
2223"Elche" (u)
23fevral 6"Granada" (u)
2413"Vilyarreal" (m)
2520"Alaves" (u)
2627"Rayo Valekano" (m)
27mart 6"Real Sosedad" (u)
2813"Malorka" (m)
2920"Barselona" (u)
30aprel 3"Selta" (m)
3110"Xetafe" (u)
3217"Sevilya" (m)
3320"Osasuna" (m)
34may 1"Espanol" (u)
358"Atletiko Madrid" (m)
3611"Levante" (u)
3715"Kadis" (m)
3822"Real Betis" (u)

Manba: championat.asia