“Real Sosedad” bosh murabbiyi: “Messiga o'yin bermaslikka harakat qilamiz”

“Real Sosedad” klubi bosh murabbiyi Xagoba Arrasate Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlik xususida fikr bildirib o'tdi.

“Jamoa yaxshi o'yin ko'rsata oladi va Messiga o'yin bermaydi deb umid qilaman. Lionel – dunyoning eng yaxshi o'yinchisi. Yigitlarga uni qanday to'xtatishni tushuntirib berdim. Ammo tushuntirish boshqa uni maydonda amalga oshirish boshqa.

Biz mavsumni yaxshi boshladik. Lekin ayni damda yaxshi sport formasida emasmiz. Himoyadagi o'yindan mamnunman va hujumda ham yaxshi o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.

Agar bor kuchimizni ishga solib o'ynasak, yaxshi natijaga erisha olamiz”, - deya fikrini yakunladi Arrasate.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “Real Sosedad” o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.


Manba: sports.ru