"Real" va "Manchester Yunayted" Lukeba uchun kurashadi

Alisher
13 fev 2025
"RB Leyptsig" markaziy himoyachisi Kastello Lukebaga "Real", "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.

O'yinchi 2024 yilning yozida nemis klubi bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Kelishuv shartlariga ko'ra, francuzning tovon puli 90 mln evroni tashkil etadi.

Lukeba yuqori narx qiziquvchi jamoalarni qochirib yuborishidan xavotirda. Futbolchining vakillari yozda top-klublardan biriga 50 mln evro evaziga transferni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.

Lukeba joriy mavsum "RB Leyptsig" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: bild.de