

Eslatib o'tamiz, madridliklar 1/8 finalda aynan "Manchester Siti"ni ikki bor (3:0, 2:1) mag'lub etib, chorak finalga yo'l olishdi. CBS Sports efirida berilgan "Real"da "Bavariya", "PSJ" va finalda "Barselona" yoki "Arsenal"ni yutish imkoni bormi, degan savolga Richards shunday javob qaytardi:
"Agar hozir javob berishim kerak bo'lsa, men "yo'q" degan bo'lardim. "Barselona"ga e'tibor qarating - menimcha, ular har qanday raqibni, shu jumladan "Bavariya"ni ham yuta oladi. Agar pul tikkanimda, "Real"ga pul tikmagan bo'lardim, chunki turnirda ulardan kuchliroq jamoalar bor. Ammo ularda eng muhim lahzalarda o'yin taqdirini hal qiluvchi futbolchilar bor va Chempionlar Ligasining asl mohiyati ham shunda".
Sobiq futbolchi o'z so'zlariga qo'shimcha qildi:
"Bir necha mavsum oldin ular "Chelsi" va "Manchester Siti"ni mag'lub etib, sovrinni qanday yulib olishganini eslang. Har safar men "Real"ni favoritlar qatoridan chiqarib tashlasam, ular mening nohaq ekanimni isbotlashadi. Ammo sof jamoaviy o'yin nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, YCHLda "Real"dan yaxshiroq klublar bor", - dedi Richards.



