Roberto Manchini: Hakam Milan darvozasiga toza penaltini belgilamadi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2015
Inter bosh murabbiyi Roberto Manchini Milanga qarshi o'yinda ishlagan hakam Luka Bantini keskin tanqid qildi.
Afsuski, g'alaba qozona olmadik. Hakam toza penaltini belgilamadi. 100 foiz penalti edi. Bir hafta oldin hakamlar Guarinning qo'liga to'p tekkanini ko'rishgandi, nega bugun bunday bo'lmadi?

20ta o'yindan buyon hakamlar haqida gapirmayotgan edim. Palasioning inobatga olinmagan goli haqida gapirmayapman, Rodrigo o'sha vaziyatda qo'pol o'ynaganini tan olaman.

So'nggi daqiqaga qadar g'alaba uchun kurashdik. Milan yaxshi himoyalandi. Omad kelmasa qiyin ekan, – deydi Manchini.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru