Roberto Martines: "Azar yaxshi formada va xuddi JCHdagidek o'ynamoqda"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o'rtoqlik uchrashuvida Shotlandiya ustidan qozonilgan g'alabadan (4:0) so'ng, jamoa yarim himoyachisi Eden Azar o'yiniga baho berdi.

Azar ushbu bahsda 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. Futbolchi 56-daqiqada almashtirildi.

- Azar xaddan tashqari ko'p harakat qilib yubormadimi? Bu shunchaki o'rtoqlik o'yini edi.

- Bunda yomon narsa ko'rmayapman. U yaxshi formada va JCHdagidek o'yin ko'rsatyapti.

Jamoa sardori hammaga namuna bo'lishi lozim. Agar maydonga shunchaki yugurgani tushsa, bu yomon oqibatlarga olib keladi. Azar haqiqiy sardordek o'ynayapti" - deydi Martines.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Four Four Two