Rolandu "Marsel" bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2018
"Marsel" himoyachi Rolandu bilan shartnomani uzaytirdi.

Portugaliyalik futbolchi bilan yangi bitim 1 yilga mo'ljallangan.

32 yoshli futbolchi "Marsel" sharafini 2015 yildan beri himoya qilmoqda. O'tgan mavsum Rolandu Fransiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi.

"Marsel" so'nggi mavsum yakunlariga ko'ra turnir jadvalida 4-o'rinni egalladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com