"Roma" "Chelsi" markaziy himoyachisini nishonga oldi

Оқил Абдубарноев
20 dek 2023
Italiyaning "Roma" klubi Londonning "Chelsi" klubiga markaziy himoyachi Trevo Chalobaniga so'rov yubordi.

Manbaning xabariga ko'ra, "bo'rilar" angliyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.

Chaloba jiddiy jarohatidan forig' bo'lganligi sababli bu mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi. Angliyalik futbolchi "Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning rejalarida emas, shuning uchun klub ushbu taklifga qarshi chiqmaydi.

Avvalroq “Chelsi” himoyachisiga Italiya A seriyasining boshqa klublari, jumladan “Milan” va “Inter” qiziqish bildirgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia