"Roma" serbiyalik darvozabon bilan shartnoma tuzmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2022
"Benfika" posboni Mile Svilar Rimda paydo bo'lishi mumkin.

Insayderning ma'lumotiga ko'ra, "bo'rilar" ustozi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi 22 yoshli serbiyalikni "Roma"da ko'rmoqchi.

Futbolchi shu yilning iyulida erkin agentga aylanadi. Shu bois Rim klubi uni tekinga qo'lga kiritish istagida.

Svilar joriy mavsumda 11 o'yinda 12 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning narxi – 2 million evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano