Romano "Nottingem Forest"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishini aytdi

Khoja
21 okt 2025
Angliyalik murabbiy Shon Daych "Nottingem Forest"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

 Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan va shartnoma 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Bu 54 yoshli mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi to'rtinchi klubi bo'ladi, u avvalroq "Uotford", "Byornli" va "Everton"ni boshqargan.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano