Ronaldu: "Mengacha Portugaliya birorta sovrin yutmagandi, ammo hozir uchta titul bor"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoadagi yutuqlari haqida gapirdi.

"Messidan oldin Argentina allaqachon xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritgandi, bu ajablanarli emas. Menimcha, ularda ikkita Jahon chempionati g'olibligi bor edi. Bu mamlakatlar uchun bunday muvaffaqiyatlar odatiy hol. Agar Braziliya Jahon chempionatini yutib olsa, bu syurpriz bo'ladi. Agar Portugaliya g'alaba qozonsa, butun sayyorani larzaga soladi. Mendan oldin Portugaliya birorta ham milliy sovrinni yuta olmagandi, ammo endi uchta nufuzli titul bor. Bu men uchun eng oliy sharaf", – dedi Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida.

Ronaldu Portugaliya bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati va ikkita Millatlar Ligasi chempionligini qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca