Ronaldu “Parma” bilan o'yinda maydonga tushadimi? Pirlo javob berdi

Eldor Akmurzayev
20 apr 2021
Italiya chempionati 32-turidan o'rin olgan 21 apreldagi “Yuventus” – “Parma” bahsi oldidan Andre Pirlo kimlar safga qaytgani haqida gapirdi.

“Ronaldu va Buffon “Parma”ga qarshi bahsda o'ynaydi. O'ylashimcha, Dibala ham. U avvalgi formasini qaytarish uchun o'ynashi kerak. “Atalanta”ga bilan bahs esa haqiqatan qiyin o'tdi, ammo o'ylashimcha, biz yaxshi o'yin namoyish eta oldik”, deydi Pirlo.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu mushaklari lat egani tufayli bergamoliklarga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. 31-tur doirasidagi uchrashuvda “Atalanta” 1:0 hisobida zafar quchgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia