Rossiyaning CAFA turnirida ishtirok etishiga UEFA ham qarshi emas

Administrator
15 mar 2023
Bu turnir o'rtoqlik maqomida bo'lgani uchun UEFA shunday poziciyani tanlagan.

UEFA Rossiya terma jamoasining Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi CAFA  musobaqasida ishtirok etishiga qarshi emas. Tashkilot bunga ushbu musobaqanining o'rtoqlik maqomida ekanligi bilan izoh bergan.

"O'rtoqlik o'yinlari UEFA musobaqalari toifasiga kirmaydi. Bunday turnirlarga UEFA javob bermaydi. Shunday ekan, bu kabi turnirlarda Rossiya termasining ishtiroki UEFAning Rossiya termasiga qo'llagan cheklovini buzish emas", -deyiladi tashkilot matbuot xizmatining bergan bayonotida. 

CAFA-2023'da O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston va Rossiya ishtirok etishi aniq. Shuningdek, 8-qatnashchi Tailand yoki Xitoy bo'lishi kutilmoqda. Musobaqa shu yilning iyun oylarida Toshkent va Bishkek shaharlarida o'tkaziladi.


AdministratorMuallif
Manba: ТАСС