

"Menimcha, unda o'ziga ishonch yetishmaydi. Uning "Manchester Siti"dagi formasi yaxshi emas. Har safar Foden to'pni olganda, undan foydali harakatni kutmayman.
Siz o'yinga turli uslublar bilan ta’sir ko'rsatishingiz mumkin, Albaniyaga qarshi o'yinda Fil buni qila olmadi. Foden JCHda o'ynamaydi.
Agar siz hujumkor futbolchilardan biri bo'lsangiz va ustunlik siz tomonda bo'lsa, lekin darvozaga zarba bermasangiz bu xafsalani pir qiladi.
Yaxshi taassurot qoldirish kerak, Reshford va Foden esa buni qila olmadi - dedi "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Kin.
JCH-2026 saralash bosqichidagi birinchi o'yinda Angliya Albaniyani (2:0) mag'lub etdi. Foden va Reshford 74-daqiqada maydonni tark etdi.



