RPL. Ibrohimhalil Yo'ldoshevning yagona to'pi "Nijniy Novgorod"ga mavsumdagi ilk g'alabani olib keldi

Alisher
20 avg 2022
Rossiya chempionati 6-turi doirasidagi "Ural" - "Nijniy Novgorod" o'yini yakuniga etdi.

"Nijniy Novgorod" Ekaterinburgda "Ural" bilan bahs olib borib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindagi yagona golga 79-daqiqada O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev mualliflik qildi.

Ural – Pari NN 0:1 

Ekaterinburg-Arena

Gol: 0:1 – 79 Yo'ldoshev.

Ural – Pomazun, Beveev, Gerasimov, Kuzmichev, Goglichidze (Bikovskiy, 70), Podberezkin (Illoy-Ayet, 71), Mishkich, Egorichev, Gajimuradov (Jeleznov, 59; Gazinskiy, 80), Sungatulin (Konovalov, 59), Bikfalvi.

Pari NN – Goylo, Penchikov (Yo'ldoshev, 46), Gocuk, Masoero, Agapov, Stockiy, Kalinskiy, Sharipov (Kakkoev, 63), Mayga, Krotov (Ribchinskiy, 89), Suleymanov (Milson, 58).

Ogohlantirishlar: Egorychev (12), Agapov (27), Mishkich (39), Sungatulin (42), Illoy-Ayet (77).

Chetlatish: Egorichev (62).

Turnir jadvali

"Nijniy Novgorod" keyingi uchrashuvni 27 avgust kuni o'z uyida "Dinamo" Moskvaga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia