

Hojimat Erkinov katta ehtimol bilan yozda Rossiyaga ko'chib o'tadi.
Avvalroq rus matbuotida Erkinovga Spartak Moskva va Krasnodar qiziqayotganligi haqida xabarlar chiqqandi. Lekin bu xabarlar aslida noto'g'ri bo'lib, shunchaki agentlar o'yiniga, balki mijozining transfer so'mmasini ko'tarishga qaratilgan yurish edi.
Endi haqiqatga o'tamiz. Hojimat Erkinovning xizmatlariga Rossiyadan jiddiy qiziqish borligi haqiqat. Unga qiziqayotgan va Paxtakorga rasmiy taklif tayyorlagan klub bu Moskvaning Torpedo jamoasi.
Torpedo o'tgan mavsumda RPLda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi va yangi mavsumda premer ligada o'ynaydi. Hojimat Erkinovning Osiyo chempionatidagi o'yinlarini kuzatayotgan jamoa deyarli yakuniy qarorga keldi va masala futbolchining transferini kelishishga qoldi.
Bu hammasi emas. Tez orada RPLda yana bir boshqa o'zbek futbolchisi paydo bo'lish arafasida. Bu haqda sal keyinroq", - deb yozadi Shahboz Beg'amov telegamdagi o'z kanalida.



