Rud van Nistelroy "Lester"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
23 may 2025
"Lester" bosh murabbiyi Rud van Nistelroy joriy mavsum yakunlanganidan so'ng darhol jamoadan ketadi.

Bu haqda britaniyalik jurnalist Rob Dorsett xabar berdi.

"Rud van Nistelroy so'nggi turdan so'ng "Lester"ni tark etishi kutilmoqda. Biroq klub hali uning o'rniga nomzod bo'yicha bir qarorga kelmagan. Diqqat markazida Rassell Martin va Denni Rel bor, ammo rahbariyat van Nistelroy bilan uning kyetishi bo'yicha rasmiy kelishuvga erishmaguncha faol muzokaralar olib bormaydi”, – dedi Dorset.

"Lester" joriy mavsum yakunida APLni tark etadi. Chempionat tugashiga bir tur qolganida jamoa turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/robdorsettsky