Rufat Akramxo'jaev: "Alamli gol o'tkazib yubordik"

Narzulla Saydullayev
1 apr 2021
Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rufat Akramxo'jaev matbuot anjumanida ishtirok edi.




O'yin haqida

- "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin biz uchun ham omadli, ham omadsiz bo'ldi. Bugun yutib kyetishimiz yoki durang o'ynashimiz ham mumkin edi. So'ngi daqiqalarda jarima zarbasidan alamli gol o'tkazib yubordik.

Penaltilar to'g'ri qo'yildi deb o'ylayman, video takrorlarda ko'rgan bo'lsalaring kerak. Bugungi o'yin hakamlariga etirozim yo'q. Bu futbol.

Bugun tarkib borasida ozgina o'zgarish qildik. Zaxiradan tushirilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishiga ishongandik. Hisob tenglashganda himoyaviy o'yin tashkil qildik. Chunki "So'g'diyona" ko'p hujum tashkil etayotgandi, himoya chizig'imizni mustahkamlashimiz zarur edi. Bu qarshi hujumda o'z natijasini berdi, ikkinchi penaltini ishladik. Afsuski, golga aylanmadi.

- Bugun jamoangiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Jamoamiz bugun to'liq o'z o'yinini namoyish etdi deb ayta olmayman. Bu xolat bo'yicha tahlil qilamiz, Murabbiylar shtabi bilan bugungi o'yinimizni ko'rib chiqamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia