Ruminiyalik hakam nega Xolanddan dastxat olgani ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
8 apr 2021
YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Man Siti” – “Borussiya D” (2:1) bahsi yakunlanganidan keyin qanot hakami Oktavian Shovre hujumchi Erling Xolanddan imzo oldi.

Xoland o'z dastxatini ruminiyalik referining kartochkasiga qo'ydi.

Jurnalist Emanuel Roshu xabar berishicha, Shovre xayriya ishlari bilan shug'ullanadi. U norvegiyalik iqtidorli futbolchining imzosi qo'yilgan kartochkani aukcionga qo'yadi. Tushgan mablag' esa autizm bilan kasallangan bemorlarni davolashga sarflanadi.

Oktavian Shovrening aytishicha, uning xayriya ishlari bilan shug'ullanishidan Lionel Messi ham xabar topib, 9 ta kartochkasiga dastxat qo'yib bergan ekan.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru