Rummenigge: "Barselona" endilikda Yevropaning eng kuchli jamoalaridan sanalmaydi"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2021
"Bavariya" sobiq bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge "Barselona"dagi vaziyat haqida gapirdi.

"Barselona" endilikda Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri emas. Bu jamoa Messini - ko'ksidagi qalbini boy berdi. Ular deyarli barcha jabhalarda "Bavariya"ga mag'lub bo'lishdi. Hozir "Barselona"ni qiyin pallalar kutib turibdi", - dedi Rummenigge.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining ochilish uchrashuvida "Barselona" o'z uyida "Bavariya"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Keyingi turda Kuman shogirdlari safarda Portugaliyaning "Benfika" jamoasi mehmoni bo'ladi.






Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo