Rustam Turdimurodov: "Menga berilgan imkoniyatdan foydalandim"

Iskandarov Abdulaziz
9 avg 2025
"Surxon" jamoasi Superliganing 17-turida "Xorazm" bilan to'qnash keldi.

Termizliklar tarkibida ikkinchi davrada kelib qo'shilgan Rustam Turdimurodov debyut golini urdi. Uchrashuvdan so'ng hujumchining fikrlari bilan qiziqdik. 

- Yangi jamoadagi debyut gol qanday hissiyotlarni berdi?

- Debyut gol, menga berilgan imkoniyatdan foydalandim. Ochig'ini aytganda tariflab bo'lmaydigan hissiyotlarni berdi.

- Golga shaxsan o'zingiz qanday tarif berasiz? Harakatlaringizda qaysi futbolchiga o'xshashlik bor?

- Mashg'ulotlarda to'pni qabul qilish ustida ko'p ishlagan edik. Bu o'yinda o'z samarasini berdi. Bolaligimdan Eden Azarni o'yinlarini ko'p ko'rganman. Fikrimcha, unikiga o'xshadi. 

- "Surxon" faoliyatingizda yangi jamoa. Klubdagilar qanday kutib oldi?

- Jamoa juda yaxshi qarshi oldi. Yosh jamoa, o'yin amaliyoti ko'proq beriladi. Tez moslashib olganim o'zimga yaxshi bo'ldi.

- "Xorazm" bilan o'yinda g'alabaga nima yetishmadi?

- Ikkinchi goldan so'ng e'tiborni yanada jamlashimiz kerak. Aynan shu jihat yetishmadi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia