

Futbolchi 2021 yil 1 iyul kuni "Trua" safiga borib qo'shiladi, unga qadar "Rux" safida o'ynashda davom etadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kuxarevichga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirishgan ammo uzoq muzokaralardan so'ng "Trua" varianti tanlangan. Nikolay Kuxarevich 2001 yilda tug'ilgan va hozirga qadar "Rux" safida 14ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urgan.
"Trua" ayni paytda Fransiya quyi ligasida ishtirok etmoqda va musobaqa jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda "Trua" klubini City FootballGroup kompaniyasi sotib olgandi. Biroz oldin "Rux" aynan shu kompaniya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi haqida xabar bergandik.




