Ryudiger "Real"da 22-raqamni oldi. Unda oldin Isko o'ynagan

Alisher
20 iyun 2022
Himoyachi Antonio Ryudiger "Real" o'yinchisi sifatida taqdim etildi.

Bugun Germaniya terma jamoasi futbolchisi Madrid klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tishni yakunladi.

Antonio "Real"da 22-raqamni oldi. Bu raqamda oldinroq shu yozda "Real"ni erkin agent maqomida tark etgan Isko o'ynagan. Ryudiger "Chelsi"da va Germaniya terma jamoasida 2-raqamda o'ynayotgandi.

Eslatib o'tamiz, Ryudiger "Real"ga "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlangandan so'ng erkin agent maqomida o'tdi. "Real" bu haqda iyun boshida e'lon qilgandi. Antonio klub bilan to'rt yillik shartnoma imzolagandi.


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/RealMadrid