Saloh uysiz bo'lgan kimsani bezorilardan himoya qildi

Eldor Akmurzayev
8 okt 2020
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh uysiz bo'lgan Devid Kreygni bezorilar hujumidan himoya qildi, deya xabar beradi The Sun.

Voqea 28 sentyabr kuni, misrlik o'z jamoasi bilan “Arsenal”ga qarshi bahs uchun yo'l olgan vaqtida sodir bo'lgan. Hujumchi bezori yigitlar Kreygni haqorat qilayotganini ko'rgan va befarq o'tib ketolmagan. Saloh tartib buzarlarni haydab yuborib, shundan keyin jabrlanuvchiga 100 funt bergan.

“Mo (Saloh) menga pul berganini ko'rib, bular o'ngimda bo'layotganiga amin bo'ldim. Haqiqiy afsona”, deya izoh bergan Devid Kreyg.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: the Sun