Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi Tailandda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2018
"Dinamo"ning chernogoriyalik himoyachisi Adnan Oraxovac faoliyatini Tailandda davom ettiradi.

Oraxovac "Prachuap FC" a'zosiga aylandi. Ushbu klub o'tgan mavsum Tailand premer-ligasida qatnashib uchinchi o'rinni band etib, Tailand oliy ligasi hisoblangan "Toyota ligasiga" yo'llanma oldi.

2015 yil O'zbekistonga kelgan futbolchi ikki yarim yil "Paxtakor"da o'ynadi. Bu yil yozda u "Dinamo"ga ko'chib o'tgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia