Sardor Rashidov jiddiy jarohat sabab bir necha oyga safdan chiqdi

Administrator
8 avg 2024
Futbolchi O'zbekiston kubogi chorak final o'yinida jarohat olgandi.
O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Navbahor" o'yinida namanganliklar futbolchisi Sardor Rashidov jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgandi. Saytimizga ma'lum bo'lishicha, Sardor Rashidovning elka suyagi singan. Ertaga operaciya o'tkaziladi. 

Dastlabki ma'lumotlariga ko'ra Rashidovning tiklanishiga 2-3 oy muddat talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, Sardor Rashidov shu yozda "Navbahor" safiga kelib qo'shilgandi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia