

Portugaliyada arzimagan pul olganman. Men Nasonalga borishimning asosiy sababi Yevropa futbolini ko'rish edi. Shu sababli ular bilan shartnoma tuzish jarayonida oylik haqida hech nima so'ramaganman. Maqsadim katta stadionlarda maydonga tushish edi, bunga erishdim deb o'ylayman. U yerda 10 ming evro oylik olganman. Qatar, BAA kabi jamoalar bilan solishtirganda pul olmagandekman. U yerda haftasida bundan ko'p topardim, - dedi Sardor.



