Sardor Sobirxo'jaev: "Bunyodkor" taklifiga o'ylab o'tirmasdan rozi bo'ldim"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyul 2017
Yana "Bunyodkor" a'zosiga aylangan Sardor Sobirxo'jaev sobiq jamoasiga qaytganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menga ishonch bildirib jamoaga chaqirishganidan xursandman. "Bunyodkor" begona jamoa emas. Oldin ham bu yerda o'ynaganman. Asosiy maqsadimiz muxlislarni stadionga qaytarish va maksimal darajada o'yin ko'rsatish.

Taklif tushganida o'ylab o'tirmasdan rozi bo'ldim. Chunki, "Bunyodkor" oldiga doim yuqori maqsadlarni qo'yadi. Bunday jamoada o'ynashni esa ko'p futbolchi orzu qiladi", - deydi Sardor Sobirxo'jaev.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia