

- Mag'lubiyatga uchradik, nima deyishim mumkin? Bizga o'yin amaliyoti yetishmadi. Istasak-istamasak, rasmiy uchrashuv bilan o'rtoqlik bahsining orasida katta farq bor. Bugun o'sha jihat asosiy "plan"ga chiqdi. "Obod" oliy ligada o'ynashga ulgurdi, biz uchun ham mavsum boshlangani yo'q. Natijasini ko'rib turibsiz. Shunchaki, hisob yirik ko'rinish olgani kishini biroz ranjitadi.
Kubok bahslarini tark etdik. Endi bor e'tiborimizni chempionatga qaratamiz. Nasib qilsa, bugungi aybimizni chempionatdagi g'alabalarimiz orqali yuvamiz, - deydi Sardor Soibov.



