Sautgeyt: "Biz raqibning maydonda qanday harakatlanishini bilamiz"

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2021
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 finalidagi raqibi - Italiya haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"So'nggi ikki yil davomida Italiya ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Biz ularning o'yin jarayonini diqqat bilan kuzatdik. Biz ularning maydonda qanday hakrakatlanishini bilamiz. Ular fidoyilik bilan o'ynashadi, ajoyib uslubga ega. Ularga gol urish har doim qiyin bo'lgan.

Shubhasiz, ular finalga chiqishga loyiq edilar, ushbu bosqichga erishish yo'lida italiyaliklar ikkita eng kuchli jamoani - Belgiya va Ispaniyani mag'lub etishdi, shuning uchun bizni oldinda eng qiyin sinov kutmoqda", - dedi Sautgeyt.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com